Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda transport vositalari ekologik tekshiruvdan o‘tkazilmoqda
Ayni damda Toshkent shahrida «Toza havo» oyligining 2-bosqichi o‘tkazilmoqda.
Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi va Ichki ishlar bosh boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilayotgan tadbirda 10 sentabrdan to bugunga qadar muntazam YPX maskanlarida, ko‘chalarda hamda avtokorxonalarga kirish-chiqish joylarida foydalanishda bo‘lgan 26 900 ta avtotransport vositalari tekshiruvdan o‘tkazildi.
Ma’lumot uchun, «Toza havo» oyligi «Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida»gi hamda «Ekologik nazorat to‘g‘risida»gi qonunlari ijrosini ta’minlash, foydalanishda bo‘lgan avtotransport vositalarining ekologik holati yuzasidan davlat ekologik nazorati olib borish maqsadida respublika miqyosida doimiy tarzda o‘tkazib kelinmoqda.
Tekshiruv davomida Toshkent shahrida 367 ta transport vositasi atmosferaga me’yordan ortiq zararli tashlamalar chiqarayotganligi aniqlandi. Ishlatilgan gazlarda ifloslantiruvchi moddalar davlat standartlarining belgilangan normalarini qo‘pol ravishda buzgan avtotransport haydovchilariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ko‘ra tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Poytaxtda «Toza havo» oyligining 2-bosqichi 10 oktyabrgacha davom etadi.
Mavzuga oid
14:47
Svetoforlar “aqlli” tizimga ulanadi: transport oqimiga qarab avtomatik moslashadi
14:34
Toshkentda metro uzunligi 103 kilometrga, "parkovka" o‘rinlari 150 mingtaga yetkaziladi
08:41
Toshkentda 115-sonli avtobus yo‘nalishi yangilandi
17:31 / 04.12.2025