Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina Daniyaga dronlar bilan kurashish bo‘yicha mutaxassislarni yubordi
Ukraina harbiy xizmatchilari uchuvchisiz uchoqlarga qarshi kurash bo‘yicha tajriba almashish uchun Daniyaga yetib keldi. Ukrainalik mutaxassislar va texnologiyalar Yevropadagi «Dronlar devori»ning asosiy elementiga aylanishi mumkin, deydi Volodimir Zelenskiy.
Foto: Countrypixel/picture alliance
Ukraina harbiylari mahalliy hamkasblari bilan uchuvchisiz uchoqlarga qarshi kurashish bo‘yicha tajriba almashish uchun Daniyaga missiyasini jo‘natishni boshladi. «Bu yigitlar hamkorlar bilan qo‘shma mashg‘ulotlarda qatnashish uchun kelgan, bu Rossiya va boshqa har qanday davlatlar dronlariga qarshi kurashning yangi tizimi uchun asos bo‘lishi mumkin», — deb yozdi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 30 sentabr, seshanba kuni ijtimoiy tarmoqda.
«Ukraina tajribasi hozir Yevropada eng dolzarb hisoblanadi va aynan bizning tajribamiz, mutaxassislarimiz va texnologiyalarimiz bo‘lajak Yevropa «Dronlar devori» – osmonda xavfsizlikni ta’minlovchi keng ko‘lamli loyihaning asosiy elementiga aylanishi mumkin», deb hisoblaydi Ukraina rahbari. Uning qo‘shimcha qilishicha, «Daniyadagi missiya natijalari boshqa Yevropa davlatlari bilan hamkorlik qilish uchun tegishli asosni tashkil qiladi».
Ayni paytda Daniya hukumati mamlakat energetika obektlarining xavfsizlik darajasini sabotaj va gibrid hujumlar tahdidi tufayli oshirmoqda, dedi energetika vaziri Lars Ogor Daniyaning TV2 telekanaliga bergan intervyusida. Yangi «to‘q sariq» daraja bunday obektlar ustidan nazoratni kuchaytirish va ularga kirishni cheklashni anglatadi.
Mavzuga oid
13:48
Gomeldagi idish-tovoq zavodi RF uchun harbiy dronlar yetkazib beryapti
13:45
Kipr: Ukraina YeI Kengashiga raislik davrida ustuvor yo‘nalish bo‘ladi
09:21
OAV: London Ukrainaga RFning 9 mlrd yevrolik aktivlarini topshirishga tayyor
23:21 / 04.12.2025