Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kiyev: Chernobil AES elektr ta’minoti tiklandi
Ukraina energetika vaziri Svetlana Grinchuk Rossiyaning o‘qqa tutishidan so‘ng Chernobil AES elektr energiyasi to‘liq tiklanganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, aholi uchun hech qanday xavf yo‘q.
Ukraina energetika vazirligi 2 oktyabr, payshanbaga o‘tar kechasi Kiyev viloyatining Slavutich shahridagi energetika infratuzilmasiga Rossiya uyushtirgan aviazarba oqibatida uzilib qolgan Chernobil AES elektr ta’minoti to‘liq tiklanganini ma’lum qildi. Vazir Svetlana Grinchukning so‘zlariga ko‘ra, obektdagi radiatsiya darajasi nazorat darajasidan oshmaydi, aholi uchun xavf yo‘q.
Rossiya kuchlari 1 oktyabr, chorshanba kuni Kiyev viloyatining Slavutich shahridagi energetika infratuzilmasiga zarba berishi oqibatida Chernobil atom elektr stansiyasi (ChAES)ning 4- bloki ustidagi sarkofag elektr energiyasidan mahrum bo‘ldi. Ukraina energetika vazirligi stansiyada favqulodda holat yuz berganini da’vo qildi.
Energetika vazirligining ma’lum qilishicha, elektr quvvatidagi keskin o‘zgarishlar natijasida Chernobil AESning shikastlangan 4-blokini izolyatsiya qiluvchi va radioaktiv moddalarning atrof-muhitga tarqalishini oldini oladigan asosiy obekt — Yangi xavfsiz konfaynment elektrsiz qoldi.
Prezident Volodimir Zelenskiy keyinroq xabar berganidek, Chernobil AESdagi blekaut uch soatdan ortiq davom etdi.
https://www.dw.com/ru/kiev-soobsil-o-vosstanovlenii-energosnabzenia-cernobylskoj-aes/a-74209409
Mavzuga oid
16:47 / 10.06.2026
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:25 / 09.06.2026
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
08:45 / 09.06.2026