Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI Ukrainaga yana 4 milliard yevro qarz ajratdi
Mablag‘lar Rossiyaning Yevropa Ittifoqidagi muzlatilgan aktivlaridan tushgan daromaddan ajratilgan. Kiyev bu pullarni ijtimoiy xarajatlar, rekonstruksiya va mudofaa uchun ishlatishga va’da bermoqda.
Foto: Yevropa Ittifoqi
Yevropa Ittifoqi Ukrainaga yana 4 milliard yevro miqdorida kredit o‘tkazdi. «Transh Rossiya Markaziy bankining Yevropa Ittifoqidagi muzlatilgan aktivlaridan tushgan daromadlar hisobidan moliyalashtirildi», — deb yozdi Ukraina bosh vaziri Yuliya Sviridenko 1 oktyabr, chorshanba kuni Telegramʼda. Uning aytishicha, bu Yevropaning mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlashdagi qo‘llab-quvvatlashi muhim belgisidir.
Sviridenko Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen va Yevropa komissari Valdis Dombrovskisga yordam uchun minnatdorchilik bildirdi.
Kiyevdagi Moliya vazirligi tushuntirganidek, kredit ijtimoiy to‘lovlar, infratuzilmani tiklash va harbiy ehtiyojlar uchun ishlatilishi mumkin.
Moliya vaziri Sergey Marchenkoning ta’kidlashicha, Rossiya aktivlaridan tushgan daromadlardan foydalanish masalasi Ukrainaning yevropalik hamkorlari bilan muzokaralari kun tartibida qolmoqda. Kreml bunday harakatlarni «o‘g‘rilik» deb atadi.
Mavzuga oid
09:38 / 11.04.2026
Budanov: Moskva va Kiyev tinchlik kelishuviga yaqinlashmoqda
19:56 / 10.04.2026
Zelenskiy Ukrainaning yadro qurolidan voz kechishini «katta xato» deb atadi
09:28 / 10.04.2026
Zelenskiy: Ukraina sulhni qo‘llab-quvvatlaydi
20:02 / 08.04.2026