Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung uch buklanadigan smartfonini taqdim etadi
Samsung kompaniyasi tez orada o‘zining uch buklanadigan ilk smartfonini taqdim etadi. Bu haqda MK nashri xabar berdi.
Kompaniya uch buklanadigan smartfon ishlab chiqarishi haqidagi xabarlar sentabr boshida paydo bo‘lgandi.
Insayderlar ushbu qurilma yaqin kunlarda taqdim etilishini aytishmoqda. Xabarlarga ko‘ra, smartfon 31 oktabr-1 noyabr kunlari Koreyaning Kenju shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammitida namoyish etiladi.
Ma’lumot berilishicha, qurilma tashqi ekrani diagonali 6,5 dyuym atrofida bo‘ladi. Ochilgan holatda esa smartfon displeyi 10 dyuymni tashkil etadi.
U cheklangan seriyada chiqarilishi, narxi esa 3 million vondan (2130 dollar) ortiqroq bo‘lishi aytilmoqda.
O‘tgan yil sentabrda sotuvga chiqarilgan Huawei Mate XT dunyodagi ilk uch buklanadigan smartfon bo‘lgandi.
Mavzuga oid
18:13 / 10.06.2026
Smartfonni quvvatlashdagi asosiy xatolik aytildi
17:37 / 09.06.2026
Afg‘onistonda davlat xizmatchilariga smartfondan foydalanish taqiqlandi
20:18 / 06.06.2026
Yangi Samsung Galaxy S27 Pro smartfoni haqida ma’lumot berildi
12:01 / 21.05.2026