Jahon | 10:17 / 04.10.2025
2631
2 daqiqa o‘qiladi

Myunxen aeroporti dronlar tufayli yana ishini to‘xtatdi

Politsiya Myunxen aeroportining shimoliy va janubiy uchish-qo‘nish yo‘laklari hududida dronlar paydo bo‘lganini tasdiqladi. 6500 ga yaqin yo‘lovchining safar rejalari buzildi.

Foto: Enrique Kaczor/onw-images/dpa/picture alliance

Myunxen xalqaro aeroporti (Bavariya) dronlar tufayli yana faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda 3 oktyabr, juma kuni kechqurun aeroport saytida ma’lum qilindi.

Germaniya havo harakatini nazorat qilish boshqarmasi ehtiyot chorasi sifatida barcha reyslarni vaqtinchalik to‘xtatdi, deya xabar beradi dpa.

Aeroport 4 oktyabrdan reyslarni qabul qilish va jo‘natishni yo‘lga qo‘yishi kutilmoqda. Biroq pauza uzaytirilishi ham mumkin.

Aeroport operatorining ma’lum qilishicha, 23 ta samolyot boshqa yo‘nalishga yo‘naltirilgan, 12 ta reys bekor qilingan. Rejalashtirilgan yana 46 ta parvoz bekor qilindi. Bu 6500 ga yaqin yo‘lovchining safar rejalariga ta’sir qildi. Karavotlar o‘rnatildi, ko‘rpa-to‘shaklar, ichimliklar va yeguliklar tarqatildi. Ayni paytda Myunxenda festival bo‘lib o‘tmoqda, u dunyoning turli burchaklaridan ko‘plab mehmonlarni jalb qilmoqda.

Politsiya aeroport ustidagi osmonda dronlar kuzatilganini tasdiqladi. Huquq-tartibot idorasi xodimi AFP va dpa agentligiga dronlar 23:00 (Toshkent vaqti bilan 14:00)da shimoliy va janubiy uchish-qo‘nish yo‘laklari hududida aniqlanganini bildirdi. Dronlar turini aniqlashning iloji bo‘lmadi, chunki ular tezda ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan.

Mavzuga oid