Jahon | 14:56 / 04.10.2025
2925
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada ilk bor ayol kishi mamlakat bosh vaziri bo‘lishi mumkin

Sobiq ichki ishlar vaziri Sanae Takaichi Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi raisi etib saylandi. U mamlakatning keyingi bosh vaziri bo‘lishi mumkin.

Foto: Kim Kyung-Hoon/POOL/AFP/Getty Images

Yaponiyaning hukmron Liberal-demokratik partiyasi (LDP) o‘zining birinchi ayol yetakchisini sayladi. Partiyaning o‘ta konservativ qanoti vakili bo‘lgan sobiq ichki ishlar vaziri Sanae Takaichi 4 oktyabr, shanba kuni bo‘lib o‘tgan ikkinchi tur ovoz berishda Yaponiya sobiq bosh vaziri Junichiro Koidzumining o‘g‘li, mo‘’tadil nomzod Sindziro Koidzumini mag‘lub etdi.

Ovoz berishda LDPning 295 nafar amaldagi deputati va 900 mingdan ortiq partiya a’zolari ishtirok etdi. Ovoz berishning birinchi bosqichida Takaichi 183 ovoz, Koidzumi esa 164 ovoz oldi. Uchinchi o‘rinni partiyaning amaldagi bosh kotibi va sobiq tashqi ishlar vaziri Yoshimasa Xayashi egalladi, u 134 ovoz oldi.

Avvalgi partiya rahbariyati saylovida Takaichi ikkinchi turda amaldagi bosh vazir Shigeru Ishibaga yutqazgan edi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid