Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Netanyahuni «yaramas negativchi» deb atadi – OAV
Oq uy rahbari Isroil bosh vaziriga tanbeh bergani ma’lum bo‘ldi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuni G‘azo bo‘yicha tinchlik rejasi atrofidagi voqealar muvaffaqiyatli rivojlanayotganiga ishontirish uchun beadab iboralardan foydalangan. Bu haqda AQSh hukumatidagi manbasiga tayanib, Axios xabar berdi.
Axios versiyasiga ko‘ra, 3 oktyabr kuni HAMAS vakillari Trampning tinchlik rejasiga ijobiy javob berganida, AQSh prezidenti buni yaxshi yangilik sifatida ko‘rib, Netanyahuga qo‘ng‘iroq qilishga shoshilgan. Isroil bosh vaziri esa HAMAS javobini ijobiy baholashga moyil bo‘lmagan.
«Bibi bayram qilishning hojati yo‘qligini aytdi, bu (HAMAS javobi) hech narsani anglatmasligini ta’kidladi», deb Axios o‘z suhbatdoshi so‘zlaridan iqtibos keltirdi. Bu Trampni g‘azablantirdi. «Bilmadim, nega sen doim shunaqa yaramas negativchisan. Bu g‘alaba, uni qabul qil», dedi AQSh prezidenti.
Axios ekspertlarining fikricha, ushbu tortishuv AQSh prezidenti o‘z rejasiga qanchalik jiddiy yondashishi va unga katta umid bog‘lashini ko‘rsatadi.
Donald Trampning G‘azo masalasini hal qilish rejasi 29 sentabr kuni, AQSh prezidenti va Isroil bosh vaziri Vashingtonda uchrashgan kuni e’lon qilindi. U 20 banddan iborat bo‘lib, barcha isroillik garovga olinganlarni ozod qilish, HAMAS taslim bo‘lishi, G‘azo sektoriga insonparvarlik yordami yetkazilishiga ruxsat berish va uni xalqaro organ nazorati ostida vaqtinchalik ma’muriyat boshqaruviga o‘tkazishni o‘z ichiga oladi.
Mavzuga oid
09:59
«Apache» vertolyotini Eron droni urib tushirgani ma’lum bo‘ldi. AQSh va Eron yana zarbalar almashdi
09:30
«Artemida-3» uchun astronavtlar tanlandi
09:15
AQSh Kongressi migratsiya xizmati uchun 70 milliard dollar ajratdi
21:33 / 09.06.2026