Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentga uchgan ikki samolyot zilzila tufayli yo‘nalishini o‘zgartirdi
Ikki samolyot, jumladan, "Aeroflot" reysi ham zilzila tufayli Toshkent aeroportiga yaqinlashayotganda yo‘nalishini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi.
Skrinshot
Moskvadan uchgan Rossiya layneri qo‘nish vaqtida ikkinchi aylanaga ketishga majbur bo‘lgan. Bunday hollarda ushbu jarayon standart hisoblanadi. Samolyot 01:50 da qo‘ndi.
O‘zbekistonning MyFreighter yuk operatorining Afinadan parvoz qilgan samolyotida ham xuddi shunday holat yuz berdi. Samolyot kutish hududida biroz vaqt bo‘lganidan so‘ng Toshkentga qo‘ngan. Bu u oldindan belgilangan marshrut bo‘ylab aylanib, qo‘nishga ruxsat kutganini anglatadi.
Qirg‘izistonda 6 oktyabrga o‘tar kechasi 5,7 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan. Zilzila episentri Jalolobod viloyatida, 10 kilometr chuqurlikda joylashgan, u yerda uning kuchi 7,0 ballga yetgan. Yer silkinishi O‘zbekistonning bir qancha viloyatlarida, jumladan, poytaxt Toshkentda ham sezildi (2-3 ball).
Mavzuga oid
10:06
Toshkentda qalbaki dori va biologik qo‘shimcha ishlab chiqargan sex aniqlandi
23:07 / 17.02.2026
Toshkentda farzandini 7-qavatdan chiqargan ayolning ruhiy holati tekshiriladi
20:20 / 17.02.2026
Toshkentda yuz bergan yong‘inda ayol va ikki bola halok bo‘ldi
11:56 / 17.02.2026