Jamiyat | 14:01 / 07.10.2025
3402
1 daqiqa o‘qiladi

Andijonda qalbaki pullarni sotgan shaxslar ushlandi

Fuqaro va boshqalar o‘zaro til biriktirib, boshqa bir fuqaroga 19,8 mln so‘m qalbaki pullarni 10 mln so‘mga sotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Qo‘rg‘ontepa tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, fuqaro A.I. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, fuqaro K.A.ga 19,8 mln so‘m qalbaki pullarni 10 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid