Jamiyat | 08:11 / 13.08.2025
4470
2 daqiqa o‘qiladi

Qo‘qonda qalbaki pullarni muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

U 50 mln so‘m miqdoridagi qalbaki pullarni shartli xaridorga 8 mln so‘m evaziga sotmoqchi bo‘lgan. Shuningdek, uyidan ko‘p miqdorda qalbaki pul topilgan.

Foto: DXX

Davlat xavfsizlik xizmatining (DXX) Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi Qo‘qon shahri bo‘limi xodimlari tomonidan iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish doirasida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida 2003 yilda tug‘ilgan mahalliy fuqaro qalbaki pullarni muomalaga kiritish bilan shug‘ullanayotgani aniqlandi.

Tezkor tadbirda, ushbu shaxs 50 mln so‘m miqdoridagi qalbaki pullarni shartli xaridorga 8 mln so‘m evaziga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Uning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda 50 ming, 100 ming va 200 ming so‘mlik jami 315,5 mln so‘m miqdoridagi qalbaki kupyuralar hamda 100 AQSh dollarlik jami 120 ming AQSh dollari miqdoridagi qalbaki kupyuralar borligi ma’lum bo‘ldi va tegishli tartibda olib qo‘yildi.

Ta’kidlanishicha, holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qalbaki pul mablag‘larini unga yetkazib bergan fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Mavzuga oid