Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş yönalişida Davlat xavfsizlik xizmati va Içki işlar organlari xodimlari hamkorligida Namangan viloyatining Çortoq tumanida ötkazilgan tezkor tadbirda qalbaki banknotlarni muomalaga kiritiş holatiga çek qöyildi.
Ma’lum qilinişiça, Andijon viloyatining Asaka tumanida istiqomat qiluvçi, 2005 yilda tuğilgan şaxs “şartli xaridor”ga 200 dona 100 ming sömlik va 125 dona 200 ming sömlik kupyuradagi qalbaki jami 45 mln sömni 18 mln sömga sotgan vaqtida uşlangan.
Şuningdek, uning yonidan qöşimça ravişda 100 ming sömlik kupyuradagi 5 mln söm miqdoridagi qalbaki pullar ham olingan.
Qayd etilişiça, uşlangan şaxsning yaşaş xonadonidan noutbuk, rangli printer, böyoqlar hamda qoğozlar aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirib olingan.
Ta’kidlanişiça, mazkur fuqaro muqaddam ham xuddi şunday jinoyatni sodir etganligi uçun sudlangan.
Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, “qamoq” ehtiyot çorasi qöllandi.
Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.








