Unda, “Toshkent-Namangan” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Laccetti rusumli avtomashina to‘xtatilib ko‘zdan kechirilgan.

Jarayonda avtomashina yo‘lovchisi S.B. har biri 100 AQSh dollarlik qalbaki 30 000 AQSh dollarini Namangan shahrida o‘tkazish maqsadida olib kelgani aniqlanib, ushbu qalbaki pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.