O‘zbekiston | 15:12 / 07.10.2025
2572
2 daqiqa o‘qiladi

Hukumat qarorlari ijrosini nazorat qilishning yangi mexanizmi joriy etiladi

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining qarorlari ijrosini nazorat qilishning yangi mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2025 yil 1 oktyabrdan boshlab Vazirlar Mahkamasi qarorlari ijrosi bo‘yicha nazorat va hisobdorlikni tashkil etish ijro.gov.uz tizimi orqali joriy etiladi.

Davlat qarorlarini ijro etishni tashkil etishning asosiy yo‘nalishlari:

  • hukumat qarorlari loyihalarini iqtisodiy, moliyaviy va nazorat nuqtai nazaridan har tomonlama, puxta hamda yuqori professional darajada tayyorlash;
  • ularning ijrosini samarali va rejali tashkil etish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish;
  • qo‘yilgan vazifalarni bajarishning amaliy mexanizmlari va real muddatlarini ko‘rsatish;
  • tashkiliy-tartibga soluvchi va nazorat faoliyati yagona tizimining samaradorligi uchun davlat organlari, tashkilotlar va xo‘jalik birlashmalari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini belgilash.

Ijro.gov.uz tizimida hukumat qarorlarida mavjud topshiriqlar ijrosi ustidan nazoratni Vazirlar Mahkamasi va Adliya vazirligi amalga oshiradi.

Hujjat bilan ijro.gov.uz tizimi orqali Vazirlar Mahkamasi qarorlari ijrosi bo‘yicha nazorat va hisobdorlikni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Nazorat belgilangan sxemaga muvofiq bosqichma-bosqich o‘tkaziladi.

Adliya vazirligi, davlat organlari, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, xo‘jalik jamiyatlari tomonidan hukumat qarorlari ijrosini tashkil etish tartibi va javobgarligi belgilandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid