Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Har bir mahallada favqulodda vaziyatlarning oldini olish choralari targ‘ib etiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish tizimini takomillashtirishga oid taqdimot bilan tanishdi.
Qayd qilinishicha, sohada 30 dan ortiq qonun hujjatlari qabul qilingani bilan haligacha favqulodda vaziyatlar muhofazasi bo‘yicha kompleks dastur yo‘q. Bundan 16 yil oldin qabul qilingan «Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida»gi qonun ham eskirgan.
Shu bois, favqulodda vaziyatlarni oldindan baholab, tezkor va proaktiv ishlaydigan tizim yaratish vazifasi qo‘yilgan. Taqdimotda mutasaddilar shu boradagi tahlil natijalari, mavjud muammolar va takliflarini bayon qildi.
Hozir favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha profilaktika ishlari asosan davlat idoralarida amalga oshirilyapti. Lekin bunday holatlarning 70 foizdan ortig‘i aholi xonadonlarida nosoz, muddati o‘tgan gaz va elektr jihozlaridan foydalanish, xavfsizlik madaniyatiga rioya qilmaslik oqibatida yuzaga kelyapti. Shuning uchun tizim ishini mahallalarda tashkil etib, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, xavfsizlik madaniyatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar bilan har bir mahalla, har bir ko‘cha va xonadonni qamrab olishi zarurligi ta’kidlandi.

Sohada raqamli texnologiyalar va zamonaviy texnik vositalardan foydalanish darajasi ancha past, bu boradagi ishlar hanuzgacha zamon talablariga moslashtirilmagan.
Shu bois, sohada raqamli infratuzilma yaratish, favqulodda vaziyat haqida xabar berishdan boshlab, uni to‘liq bartaraf etishgacha bo‘lgan hamma jarayonlarni raqamlashtirish, shuningdek, yangi ishlash mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha topshiriq berildi.
Favqulodda vaziyatlarni tezkor bartaraf qilish uchun zamonaviy texnika va jihozlarni ko‘paytirish, ularni o‘zimizda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.
«Yashil» texnologiyalar orqali texnogen xavflarni baholab, oldini olish uchun zamonaviy kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning uzluksiz tizimini yaratish dolzarbligi qayd etildi.
Shu munosabat bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida dual ta’limni yo‘lga qo‘yish va malaka oshirish markazini tashkil etish, professional qutqaruvchilarni tayyorlash, o‘qitish va ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish topshirildi.
Mavzuga oid
14:33 / 07.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Ibrohim G‘afurov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
20:55 / 05.06.2026
Rossiya mintaqadagi shunchaki qo‘shni emas, vaqt sinovidan o‘tgan strategik sherik va ittifoqchi - Shavkat Mirziyoyev
08:19 / 05.06.2026
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin AESning birinchi energiya bloki qurilishiga start berdi
08:18 / 05.06.2026