Milliy adabiyotimiz va madaniyatimiz rivojiga ulkan hissa qöşgan atoqli adabiyotşunos olim, adib va tarjimon, taniqli jamoat arbobi, Özbekiston Qahramoni Ibrohim Ğafurov 6 iyun kuni 89 yoşida vafot etdi. Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va boşqa rasmiylar marhumning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
I.Ğafurov 1937 yil 27 dekabrda Toşkent şahrida tuğildi. Örta maktabni tugatganidan söng Toşkent davlat universiteti (hozirgi Özbekiston Milliy universiteti)ni filolog – özbek tili va adabiyoti öqituvçisi mutaxassisligi böyiça tamomladi. Mehnat faoliyatini 1961 yilda Davlat badiiy adabiyot naşriyotida muharrir sifatida boşlab, keyinçalik uzoq yillar Ğafur Ğulom nomidagi Adabiyot va san’at naşriyotida bölim mudiri, boş muharrir örinbosari lavozimlarida xizmat qildi.
I.Ğafurovning ijtimoiy faol ijodkor, çinakam ma’rifat fidoyisi sifatidagi yuksak fazilatlari u “Özbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi boş muharririning örinbosari, “Milliy tiklaniş” gazetasi boş muharriri bölib işlagan yillarda yaqqol namoyon böldi. Filologiya fanlari nomzodi I.Ğafurov ijodiy va ijtimoiy faoliyatni pedagoglik bilan uyğun holda olib borib, Özbekiston Milliy universiteti, Özbekiston davlat jahon tillari universiteti singari nufuzli oliygohlarda talabalarga dars berdi va yuqori malakali filolog hamda jurnalist kadrlar tayyorlaşda ham jonbozlik körsatdi.
I.Ğafurov mamlakatda köppartiyaviylik va parlamentarizm tamoyillarini rivojlantirişga ham munosib hissa qöşdi. U Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi Markaziy kengaşi raisi, Oliy Majlis deputati hamda Matbuot va axborot qömitasi raisining örinbosari lavozimlarida samarali iş olib bordi. Yorqin iste’dod, keng bilim va tafakkur egasi bölgan I.Ğafurov özidan boy ilmiy, adabiy-badiiy meros qoldirdi.
Uning 60 yildan ziyod mehnat faoliyati mobaynida hassos adabiyotşunos olim, donişmand adib sifatida özbek adabiyotining dolzarb nazariy va amaliy masalalariga, xususan, Abdulla Qodiriy, Oybek, Usmon Nosir, Maqsud Şayxzoda, Mirtemir, Zulfiya, Said Ahmad, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov singari uluğ adib va şoirlarimiz asarlarining badiiy tahliliga bağişlangan köplab maqolalari, kitob va risolalari, ommaviy axborot vositalaridagi çiqişlari milliy ma’naviyatimiz xazinasiga katta hissa bölib qöşildi.
I.Ğafurov jahon adabiyotining önlab mumtoz namunalarini, xususan, F.Dostoyevskiy, G.Mopassan, E.Xeminguey, G.G.Markes, J.Joys, Ç.Aytmatov kabi adiblarning maşhur asarlarini özbek tiliga yuksak mahorat bilan tarjima qilib, badiiy tarjimaçilik sohasida öziga xos ijodiy maktab yaratdi. Mohir söz san’atkorining serqirra iste’dodi Yangi Özbekiston şaroitida yanada yaqqol namoyon böldi. U mamlakat ijtimoiy-ma’naviy hayotida, yoş ijodkorlarni qöllab-quvvatlaş, milliy adabiyot va san’atni rivojlantirişga qaratilgan islohotlar jarayonida umrining oxiriga qadar faol iştirok etib keldi.











