Sankt-Peterburg şahrida bölib ötgan marosimda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Özbekistonda integratsiyalaşgan atom elektr stansiyasining birinçi energiya bloki qurilişi boşlanganini e’lon qildi.

Tadbirda teleköprik orqali Xalqaro atom energiyasi agentligi boş direktori Rafael Grossi ham iştirok etdi.

Davlat rahbari mazkur strategik ahamiyatga ega loyihani amalga oşirişni qöllab-quvvatlagani uçun Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AEXA boş direktori Rafael Grossiga minnatdorlik bildirdi. Şuningdek, loyihada iştirok etayotgan Özbekiston va Rossiya mutaxassislarining mehnati va yuqori malakali faoliyati alohida e’tirof etildi.

Qayd etilişiça, atom elektr stansiyasi qurilişi Özbekistonning texnologik, sanoat va ilmiy taraqqiyotida yangi bosqiçni boşlab beradi. Loyiha mamlakatda atom energetikasi sohasini şakllantiriş va rivojlantiriş uçun mustahkam asos yaratadi.

Loyiha kiçik modulli atom generatsiyasi hamda yirik hajmli energetika sohasidagi zamonaviy texnologiyalarni özida mujassam etgani ta’kidlandi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev xavfsizlik masalasi loyihaning mutlaq ustuvor yönalişi ekanini qayd etdi. Uning sözlariga köra, stansiya qurilişi va ekspluatatsiyaga tayyorlaş işlari xalqaro standartlar, ilğor muhandislik yeçimlari hamda Xalqaro atom energiyasi agentligining doimiy nazorati asosida amalga oşirilmoqda.

Tomonlar mazkur yirik energetika loyihasi Özbekiston va Rossiya örtasidagi strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada mustahkamlaşga xizmat qilişiga işonç bildirdi.