Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident elektrotexnika sanoatini rivojlantirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi
Taqdimotda an’anaviy turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan birga yuqori texnologik turlarini o‘zlashtirish, jumladan, elektronika va yarimo‘tkazgichlar sohasiga kirib borish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 8 oktyabr kuni elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.
Taqdimotda chuqur qayta ishlashni rag‘batlantirish, bu borada mahalliy ishlab chiqaruvchilarni yanada qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan takliflar ko‘rib chiqildi. Jumladan, misni xarid qilishda chegirma taqdim etish, kredit foizlarining 5 foizdan yuqori qismini davlat tomonidan qoplash, soliq va bojxona to‘lovlari bo‘yicha yengilliklar berish rejalashtirilgan.
Tarmoqda an’anaviy turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan birga yuqori texnologik turlarini o‘zlashtirish, jumladan, elektronika va yarimo‘tkazgichlar sohasiga kirib borish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Yangi loyihalar hisobiga kelgusi yillarda yurtimizda mis ishlab chiqarish hajmi 250 ming tonnaga, 2030 yilga borib esa 500 ming tonnaga yetishi kutilmoqda. Mutasaddilar ushbu xomashyo bazasidan foydalanib, uning negizida yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan loyihalar to‘g‘risida axborot berdi. Serverlar, sanoat elektronikasi, konditsionerlar, quyosh panellari, nazorat-o‘lchov va avtomatika vositalari, smart-kartalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish shular jumlasidan. Umuman, bu yo‘nalishda 2,1 milliard dollarlik 157 ta loyiha shakllantirilgan bo‘lib, ular orqali 14,5 ming yangi ish o‘rni yaratiladi.

Taqdimotda hududlardagi elektrotexnika texnoparklarining faoliyati ham ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston standartlar instituti Xalqaro elektrotexnika komissiyasi baholash sxemasiga a’zo organ sifatida qabul qilindi. Bu mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar sertifikatlarining 53 davlatda tan olinishini ta’minlaydi.
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi yevropalik hamkorlar bilan muvofiqlikni baholash tizimini yo‘lga qo‘ymoqda. Bu orqali O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga Yevroittifoq talablariga moslikni tasdiqlovchi “CE” belgisi beriladi. Bu esa Yevropaga eksport hajmini kamida ikki barobar oshirish imkonini yaratadi.
Davlat rahbari rejalashtirilgan chora-tadbirlar va loyihalar ijrosini jadallashtirish, eksportning o‘sish sur’atlarini saqlab qolib, yangi bozorlarga chiqish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.
Mavzuga oid
13:41 / 17.11.2025
Apple iPhone chiqarilish jadvalini o‘zgartirdi - endi taqdimotlar yiliga ikki marta bo‘ladi
11:06 / 30.10.2025
Peter Pellegrini Samarqandga amaliy tashrif bilan yetib keldi
08:48 / 30.10.2025
Shavkat Mirziyoyev YuNeSKO 43-sessiyasining ochilishida qatnashadi
20:04 / 29.10.2025