Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya prezidenti tug‘ilishni oshirishning samarali usulini taklif qildi
Ish vaqtini qisqartirish va 4 kunlik ish haftasiga o‘tish orqali tug‘ilishni ko‘paytirish mumkin, deb hisoblaydi prezident Li Chje Myon. Koreyada 2030 yilgacha ish vaqtini haftasiga 40 soatdan 36 soatga qisqartirish, keyinchalik mehnat haqini kamaytirmagan holda 4 kunlik ish haftasini joriy etish reja qilingan.
Foto: Getty images
Janubiy Koreya prezidenti Li Chje Myon ish va shaxsiy hayot o‘rtasida barqaror muvozanatga erishish uchun dadil siyosiy siljish zarurligini aytdi, deb xabar berdi Bild.
U misol tariqasida «Uzoq davom etadigan ish vaqti yoshlarning martaba va oilani birlashtirishiga to‘sqinlik qiladi» nomli tadqiqotni keltirdi.
Unda janubiy koreyaliklar yiliga o‘rtacha 1874 soat ishlashi ko‘rsatilgan. Bu - Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotidagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 130 soatga ko‘pdir.
Shu munosabat bilan mamlakatda 2030 yilgacha ish vaqtini haftasiga 40 soatdan 36 soatga qisqartirish, kelgusida esa mehnat haqini kamaytirmagan holda 4 kunlik ish haftasini joriy etish rejalashtirilgan.
Hozir Janubiy Koreya hukumati islohotlar rejasi va kompaniyalar uchun subsidiyalar tizimini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh tuzyapti.
Kasaba uyushmalari ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, uni «demografik inqirozni hal qilishning yagona kaliti» deb atadi. Biznes vakillari esa iqtisodiyot uchun xavf haqida ogohlantirdi. Xususan, Koreya banki yalpi ichki mahsulot o‘sishi prognozini 0,8 foizga tushirdi, bu 1998 yilgi Osiyo inqirozidan beri eng past ko‘rsatkichdir.
Qayd etish joizki, Janubiy Koreya dunyoda tug‘ilish darajasi eng past bo‘lgan mamlakat. Bu mamlakatda har bir ayolga o‘rtacha 0,75 bola to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid
23:21 / 04.12.2025
Ukraina aholisi 42 milliondan 36 milliongacha kamaydi – OAV
20:56 / 04.12.2025
Janubiy Koreya noqonuniy migrantlarning ixtiyoriy ravishda chiqib ketishi uchun 90 kunlik dastur e’lon qildi
18:36 / 18.11.2025
Rossiyada migrantlarni ishdan bo‘shatish uchun asoslar kengaytirildi
12:24 / 18.11.2025