Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yoshlarning «Yashil tashabbuslar»i qo‘llab-quvvatlanadi
Yoshlarda tabiatga muhabbat hissini uyg‘otish, ularning atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan loyihalarini amalga oshirishga ko‘mak beriladi.
Hukumat qarori «O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi «Yashil tashabbuslar»ni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.
Nizom O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi «Yashil tashabbuslar»ni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish, Jamg‘arma faoliyatini boshqarish, uning mablag‘larini taqsimlash, hisobi va hisobotini yuritish tartibini belgilaydi.
Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi maqsadlarga yo‘naltiriladi, jumladan:
- yoshlarda tabiatga muhabbat hissini uyg‘otish, ularning atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish;
- yoshlarning ekologik toza texnologiyalarni joriy etish, chiqindilarni qayta ishlash, yashil energiya manbalaridan foydalanish kabi ekologik loyihalarini qo‘llab quvvatlash;
- mamlakatimizda ekologik barqarorlikni ta’minlashda yoshlar ishtirokini kuchaytirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish;
- yoshlarning daraxt ko‘chatlarini ekish va parvarishlash kabi ekologik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash.
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan uning tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasi asosida foydalaniladi.
Mavzuga oid
16:48 / 24.02.2026
O‘zbekistonda sun’iy yomg‘ir yog‘dirish bo‘yicha tajriba loyihasi yaratiladi
18:56 / 22.02.2026
Toshkentda mehmonxona qurish uchun 12 tup qimmatbaho daraxt kesib tashlandi
16:46 / 17.02.2026
Elektromobil egalari mashinasini quvvatlashda subsidiya oladi
08:18 / 09.02.2026