O‘zbekiston | 11:08 / 10.10.2025
3916
2 daqiqa o‘qiladi

Hafta oxirida quruq va issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘ylab issiq va quruq ob-havo saqlanib turadi. Harorat kunduzi +23…+28, janub va cho‘l hududlarida +29…+30 darajagacha ko‘tariladi.

Foto: Kun.uz

Dam olish kunlarida O‘zbekiston bo‘yicha issiq ob-havo saqlanib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.

Juma kuni ertalab Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Havo harorati kunduzgi vaqtlarda +23…+28 daraja, janubda va cho‘l hududlarida +29…+30 darajagacha ko‘tariladi. Eng iliq havo shanba kuni bo‘ladi, kunduzi +28…+30 darajagacha, janub va chol hududlarda +32 darajagacha ko‘tariladi. Kechasi +10…+15 daraja atrofida bo‘ladi.

1011 oktyabr kunlari shimolda shamol tezligi 1318 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkentda shahrida havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Shamol sharqdan 38 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat 10 oktyabrda +24…+26 daraja, 11 oktyabrda kechasi +10…+12 daraja, kunduzi +26…+28 daraja, 12 oktyabrda kechasi +12…+14 daraja, kunduzi +26…+28 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid