Sport | 07:32 / 11.10.2025
21236
2 daqiqa o‘qiladi

Akbar Jo‘rayev jahon rekordini o‘rnatdi

Jo‘rayev 3 ta oltin, Ruslan Nuriddinov esa 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev Norvegiyaning Forde shahridagi og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida uchta oltin medal oldi, shu bilan birga, uch karra jahon chempioniga aylandi.

110 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasidagi bellashuvlarda qatnashgan sportchi barcha yo‘nalishlarda oltin medallarni qo‘lga kiritdi. Xususan, u dast ko‘tarish mashqida 196 kg natija bilan jahon rekordini o‘rnatdi.

Siltab ko‘tarishda esa 232 kg natija bilan ham tengsiz bo‘ldi, har ikki yo‘nalishda va 428 kg ko‘rsatkich umumiy yo‘nalishda birinchi bo‘lib, jami 3 ta oltin medalga ega chiqdi. Bu uning uchinchi marta jahon chempioni bo‘lishidir. Bungacha u 2021 yil Toshkentda va 2023 yil Ar-Riyodda o‘tkazilgan turnirlarda ham g‘olib chiqqandi.

Qayd etish kerakki, u siltab ko‘tarishning uchinchi urinishida 245 kilogrammga buyurtma bergandi, ammo shtangani ko‘tara olmadi. Agar bu amalga oshganida barcha yo‘nalishlarda jahon rekordchisiga aylangan bo‘lardi.

Xuddi shu vaznda shitirok etgan Ruslan Nuriddinov esa dast ko‘tarishda 186 kg bilan to‘rtinchi, siltab ko‘tarishda esa 228 kg bilan uchinchi bo‘ldi. Natijada Nuriddinov siltab ko‘tarish va umumiy hisob bo‘yicha 2 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Mavzuga oid