Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasiga yangi rais saylandi
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sherzod Hidoyatov ushbu federatsiyani boshqaradi.
Sherzod Hidoyatov
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sherzod Hidoyatov O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasiga rais bo‘ldi.
Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasining 2024 yil yakunlari, 2025 yilgi rejalarga bag‘ishlangan hisobot-saylov yig‘ilishida Hidoyatov nomzodi qo‘llab-quvvatlandi.
Bungacha federatsiyaga 2012 yildan buyon sobiq qurilish vaziri Botir Zokirov raislik qilgan edi.
Sherzod Hidoyatov 1980 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan. Oliy xo‘jalik sudida 11 yil davomida konsultant lavozimida ishlagan. Undan so‘ng 9 yil Artel Engineering, Durabel Beton va boshqa kompaniyalarda turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
2021 yilda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri bo‘ldi. 2022 yil oxiridagi ma’muriy islohot davomida Qurilish va Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirliklari birlashtirildi. Hidoyatov Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari, 2024 yilning avgustida esa vazirlik rahbari etib tayinlandi.
Mavzuga oid
12:35 / 20.12.2025
Toshkent bosh rejasini o‘zgartirish bo‘yicha qaror loyihasi ishlab chiqilmoqda – qurilish vaziri
16:42 / 18.12.2025
Vazir uy olishdan oldin obektni “Shaffof qurilish”dan tekshirishga chaqirdi. Lekin tizim murakkabligi aytilmoqda
07:32 / 11.10.2025
Akbar Jo‘rayev jahon rekordini o‘rnatdi
12:10 / 19.09.2025