Boks, oğir atletika, baydarka va kanoeda eşkak eşiş böyiça jahon çempionatlarida yuqori natijalar qayd etgan jami 13 nafar sportçi va ularning murabbiylariga prezident sovğalari topşirildi, deya xabar bermoqda Milliy olimpiya qömitasi matbuot xizmati.

Musobaqalarda oltin medal olganlarga 15 000 dollar, kumuş olganlarga 7500 dollar, bronza olganlarga 3750 dollar hamda ularning murabbiylariga esa mablağning teng yarmi hisobida bir martalik pul mukofoti berildi.

Şuningdek, oltin medal sovrindorlariga BYD Song Plus Champion, kumuş va bronza egalariga esa BYD Chazor avtomobillari kalitlari taqdim etildi.

Eslatib ötamiz, Ruslan Nuriddinov Bahraynda bölib ötgan oğir atletika böyiça jahon çempionatida özi örnatgan jahon rekordini yangilab, uç karra jahon çempioni bölgandi.

Milanda ötgan baydarka va kanoeda eşkak eşiş böyiça JÇda esa Artur Guliyev oltin medalni qölga kiritgandi.