Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2025 yilning eng yaxshi ixtirolari e’lon qilindi
AirPods quloqchinlari, Samsung televizori va Tecno noutbuki yilning eng yaxshi ixtirolari ro‘yxatidan joy oldi.
Time jurnali 2025 yilning eng yaxshi ixtirolari ro‘yxatini e’lon qildi.
Tahririyat jurnalistlari yuzlab ixtirolarni tahlil qilib chiqishdi va 30dan ortiq yo‘nalishda 300dan ortiq ixtirolarni tanlab olishdi. Yakuniy ro‘yxat toifalar bo‘yicha shakllantirildi.
«Robototexnika» yo‘nalishida Figure 03 uy roboti, HoverAir X1 ProMax droni eng yaxshi ixtirolar ro‘yxatidan joy oldi.
«Koinot» yo‘nalishidagi eng yaxshi ixtirolar qatoriga AST SpaceMobile BlueBird internet uzatish texnologiyasi va Vera Rubin nomidagi observatoriya kiritildi.
Apple AirPods Pro 3 quloqchinlari, 70mai Dash Cam 4K Omni videoregistratori, Biwin mikro-SSD, Fujifilm Instax Wide Evo fotokamerasi, Huawei Pura 80 Ultra kamerofoni, Samsung Micro RGB televizori, Tecno Megabook S14 noutbuki turli yo‘nalishlarda eng yaxshi ixtirolar deb topildi.
Oura Ring 4 “aqlli” uzugi va Garmin Index Sleep Monitor uyqu monitori eng yaxshi taqib yuriladigan qurilmalar yo‘nalishidan joy oldi.
BMW iX3 va BYD Seagull elektromobillari eng yaxshi transport vositalari deb topildi.
Mavzuga oid
13:42 / 02.12.2025
Samsung o‘zining birinchi uch buklanadigan Galaxy Z TriFold smartfonini taqdim etdi
22:27 / 01.11.2025
Smartfonlar bozorida 2025 yil yetakchilari aniqlandi
14:14 / 31.10.2025
Android iPhone’dan xavfsizroq chiqdi - Google yangi tadqiqot natijalarini e’lon qildi
13:10 / 29.10.2025