Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hafta davomida quruq va issiq havo bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekistonda ish haftasi davomida quruq va issiq ob-havo kuzatiladi. Harorat kechalari +10…+15, kunduz kunlari +25…+33 daraja atrofida bo‘ladi.
Foto: Kun.uz
Ish haftasi davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va issiq ob-havo kuzatiladi, faqat eng chekka shimoliy hududlarda 14 oktabr kunlari qisqa muddati yomg‘ir yog‘adi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Harorat foni kechalari +10…+13 daraja atrofida, ba’zi joylarda +15 darajagacha, kunduz kunlari +25…+28 daraja, janubda +30…+33 darajagacha bo‘ladi. Sinoptiklarga ko‘ra, bu o‘rtacha iqlim me’yoridan yuqoridir.
13–14 oktyabr kunlari shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol tezligi 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi.
Harorat asosan kechasi +10…+13 , kunduzi +25…+28 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid
12:09 / 19.12.2025
Hafta oxirida yana qor yog‘ishi kutilmoqda
19:41 / 15.12.2025
Hafta davomida hududlarda yog‘ingarchilik kuzatiladi
18:24 / 14.12.2025
15 dekabrda O‘zbekistonning qator hududlarida qor yog‘ishi mumkin
10:38 / 13.12.2025