Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda Agroinspeksiya xodimi qamoqqa olindi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Samarqand viloyati boshqarmasining yetakchi mutaxassisi ushlandi.
Foto: DXX
U Samarqand tumanidagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jalikda o‘tkazilgan o‘rganish jarayonida xo‘jalikning 50 sotix yer maydonini ijaraga olib foydalanayotgan fuqaro tomonidan yerning unumdorligiga zarar yetkazilgani aniqlanib, unga nisbatan chora ko‘rmaslik evaziga 3 ming AQSh dollari talab qilib, muqaddam 500 AQSh dollari oladi.
Davlat xavfsizlik xizmati hamda viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda yetakchi mutaxassis qolgan 2500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llandi.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:18 / 09.02.2026
Surxondaryoda ekologiya bo‘limi rahbari 500 dollar pora bilan ushlandi
19:18 / 06.02.2026
Samarqandda xorijdagi festivalga o‘z farzandlarini yuborgan mansabdorlardan 28 mln so‘m undirildi
08:43 / 04.02.2026
Pop ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaligida tekshiruv: milliardlab zarar aniqlandi
15:30 / 03.02.2026