O‘zbekiston | 08:30 / 14.10.2025
4018
2 daqiqa o‘qiladi

Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ro‘yxat tuziladi

Hukumat qarori bilan “Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlarning ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. 

Foto: Kun.uz

Nizom imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlarning ro‘yxatiga  o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha hujjatlarni taqdim etishda yagona talablarni belgilaydi.

Zararli va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omillariga ega bo‘lgan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlarni ro‘yxatga kiritish zarurati haqidagi xodimlarning takliflari ikki nusxada tayyorlanib, ish beruvchi hamda korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organiga yuboriladi.

Ro‘yxatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarni tayyorlash va ish beruvchiga taqdim qilish uchun komissiya quyidagilarni tekshiradi, jumladan:

🔹 ish joyining rejasi ishlab chiqarishlar, ishlar va uskunalar joylashgan korxonaning bosh loyihasiga mosligini;
🔹 texnologik jarayonga, uskunalarni ishlatish bo‘yicha qoidalarga rioya etilganini, jihozlar, asboblar va uskunalar sozligini;
🔹 jamoa va shaxsiy himoya vositalarining mavjudligi va yaroqliligi, himoya kiyimining mavjudligi va mosligini;

Tekshirish vaqtida aniqlangan mehnat sharoitlarining belgilangan me’yorlarga nisbatan buzilishi holatlari va kamchiliklar attestatsiya o‘tkazilishiga qadar bartaraf etiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid