Jahon | 18:22 / 14.10.2025
2775
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya millati turk bo‘lgan xorijliklarning ishga joylashish shartlarini yengillashtirdi

Endi xorij davlatlarining millati turk fuqarolari ruxsatnoma olishning murakkab jarayonlaridan o‘tmasdan Turkiyada ishlashi mumkin bo‘ladi.

Foto: Getty images

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an millati turk xorijliklarni ishga joylashtirish tartibini soddalashtiruvchi farmonni imzoladi. Hujjat 10 oktyabr kuni e’lon qilindi.

Endi xorij davlatlarining millati turk fuqarolari ruxsatnoma olishning murakkab jarayonlaridan o‘tmasdan Turkiyada ishlashi mumkin bo‘ladi. Ularga davlat va xususiy tuzilmalarda tadbirkorlik va kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanishga ruxsat berildi, armiya va xavfsizlik idoralarida xizmat qilish bundan mustasno.

Farmonga ko‘ra, chet elliklar Turkiya fuqarolari bilan bir qatorda professional birlashmalarda ro‘yxatdan o‘tishi kerak bo‘ladi. Shu bilan birga, yashash va ishga joylashish uchun Turkiya fuqaroligi talabi bekor qilinadi. Yangi qoidalar saylovlarda ishtirok etish va saylanish huquqini bermaydi.

Mavzuga oid