Hay’at 2026 yilda Ramazon oyining birinçi kuni 19 fevral, payşanba kuniga, Ramazon hayiti esa 20 mart, juma kuniga töğri kelişini aniqladi.
Qayd qilinişiça, Ramazon oyining birinçi kuni va Ramazon hayiti haqida qabul qilingan uşbu qöşma qaror turkiy davlatlarning öz musulmon jamoalari birligini mustahkamlaş va diniy amaliyotlarni zamonaviy ilmiy kaşfiyotlar bilan uyğunlikda saqlaşga sodiqligini yana bir bor namoyiş etadi.
2026 yil 2-4 fevral kunlari Samarqand şahrida Turkiy davlatlar taşkiloti mamlakatlari Musulmon diniy idoralari rahbarlari kengaşi huzuridagi Fatvo hay’atining maslahat yiğilişi bölib ötdi. Uşbu tadbir Özbekiston musulmonlari idorasi rahbarligida taşkil etilib, taşkilotga a’zo mamlakatlar diniy idoralari vakillari va islom ulamolari iştirokida ötkazildi.
Uşbu Fatvo hay’atiga TDT a’zo mamlakatlar va rasmiy musulmon diniy idoralari faoliyat yuritayotgan kuzatuvçi davlatlar muftiyatlari vakillari kiradi. Xususan, Turkiy davlatlar taşkilotiga a’zo mamlakatlar: Turkiya, Ozarboyjon, Qozoğiston, Qirğiziston, Özbekiston va TDT kuzatuvçi davlatlari Turkmaniston va Vengriya.








