Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
London "Lukoyl", "Rosneft" va "Mir" kartalariga qarshi sanksiyalarga kiritdi
London Rossiya energetika sektoriga bosimni kuchaytirdi. Rossiyaning yirik neft kompaniyalari, ularning xorijiy hamkorlari va qator banklari sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan.
Foto: Reuters
Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi davom etayotgan bir paytda Buyuk Britaniya hukumati Rossiyaning "Lukoyl" va "Rosneft" kompaniyalariga qarshi sanksiyalar joriy qildi. Bu haqdagi ma’lumot 15 oktyabr, chorshanba kuni Britaniya hukumati rasmiy saytida e’lon qilindi. Shu kuni jami 90 ta yangi jazo choralari e’lon qilindi.
Hujjatda aytilishicha, sanksiyalar aktivlarni muzlatish va trast xizmatlarini ko‘rsatish, transport operatsiyalarini cheklashlarni o‘z ichiga oladi. Londonning tushuntirishicha, bu kompaniyalar «Rossiya hukumati uchun muhim ahamiyatga ega», xususan, energetika sohalarida ishlaydi. «Lukoyl» va «Rosneft» avvalroq sohaviy cheklovlarga duchor bo‘lgan edi.
«Rosneft» uchun alohida cheklovlar joriy etildi. Unga tegishli bo‘lgan yoki boshqariladigan kemalarga endi Britaniya portlariga kirishga ruxsat berilmaydi. Bundan tashqari, «Rosneft» bilan bog‘liq samolyotlarga Britaniya havo hududini kesib o‘tish yoki qo‘nish taqiqlanadi.
Londondagi hukumat bayonotiga ko‘ra, jami 51 ta kema yangi sanksiyalarga duchor bo‘ldi: Rossiya neftini tashuvchi 44 ta tanker va suyultirilgan gaz (STG) tashishda ishtirok etgan 7 ta kema, jumladan Arctic LNG-2 loyihasidan. Ularning barchasi «Rossiya energetika resurslarini tashishda ishtirok etgan» deb tan olingan hamda sug‘urta, ta’mirlash, Britaniya portlariga kirish va Britaniya yurisdiksiyasi ostidagi har qanday operatsiyalar taqiqlangan.
Mavzuga oid
14:35
AQSh «Lukoyl»ga joriy etilgan ayrim sanksiyalarni vaqtincha bekor qildi
09:21
OAV: London Ukrainaga RFning 9 mlrd yevrolik aktivlarini topshirishga tayyor
12:17 / 03.12.2025
Ukraina ikki kun ichida "Rosneft"ning ikkinchi neft bazasiga zarba berdi
14:58 / 02.12.2025