Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fermer tabiatga 43 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazdi
Samarqand viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi inspektorlari Oqdaryo tumanida joylashgan «M.M.M.N» fermer xo‘jaligi faoliyatini tekshirdi.
Foto: Ekologiya vazirligi
O‘rganish davomida fermer xo‘jaligiga tegishli ekskavator va yuk mashinasi yordamida Qoradaryo daryosidan qum-shag‘al aralashmasi noqonuniy ravishda qazib olingani aniqlandi.
Tekshiruv natijalariga ko‘ra, mazkur qonunbuzarlik oqibatida tabiatga 43 milliard 12 million 57 ming 536 so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

Hozirda qum-shag‘al qazib olingan texnikalar jarima maydoniga joylashtirilgan. Holat bo‘yicha tayyorlangan hujjatlar esa Samarqand viloyati prokuraturasiga yuborilgan.
Mavzuga oid
18:37 / 02.05.2026
Farg‘ona va Surxondaryoda sel kuzatildi, Samarqandda ko‘chalarni suv bosdi
09:45 / 21.04.2026
Samarqandda mashinasozlik sanoat zonasi tashkil etiladi
10:35 / 20.04.2026
Samarqandda noqonuniy oltin ajratib olish faoliyatiga chek qo‘yildi
15:09 / 04.04.2026