Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahriga kirish va chiqishdagi postlar ko‘chiriladi
Shahar hokimi Shavkat Umurzoqovning so‘zlariga ko‘ra, har kuni poytaxtga 400 mingdan ortiq avtomobil kirib kelmoqda, bu esa jamoat transporti tizimli yo‘lga qo‘yilmagani bilan bog‘liq. Tirbandlikni kamaytirish uchun poytaxt tashqarisida avtovokzallar, yuk va yengil avtomobillar uchun to‘xtash joylari quriladi.
Toshkent shahriga kirish va chiqishdagi nazorat punktlari ko‘chiriladi. Bu haqda Toshkent shahri hokimining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Haydarov «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning qayd etishicha, poytaxtning sanoat va transport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari yuzasidan 16 oktyabr kuni prezident boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Toshkent shahriga kirish va chiqish postlarini ko‘chirish bo‘yicha takliflar ma’qullandi.
Shaharga kirish va chiqish joylaridagi nazorat-o‘tkazish punktlarini ko‘chirish – tirbandlikni kamaytirishga xizmat qilishi kerak.
Toshkent shahri hokimi Shavkat Umurzoqov esa har kuni poytaxtga 400 mingdan ortiq avtomobil kirib kelishi, 1 milliondan ortiq aholi kirib-chiqishi, ko‘p avtomobil kirishining asosiy sababi jamoat transporti tizimli yo‘lga qo‘yilmagani bilan bog‘liq ekanini ta’kidlagan.

«Toshkent shahri bilan viloyati hamda boshqa viloyat markazlari o‘rtasida yo‘nalishli avtobuslar mavjud emas. Shaharga kirish joylarida esa shart-sharoitlar – avtovokzallar yaratilmagan.
Prezidentimiz mablag‘larni ham hal qilib berdilar. Shahar tashqarisida, Toshkent yaqinida avtovokzallar, kempinglar, yuk va yengil avtomobillar uchun to‘xtash joylari quriladi. Loyihalash ishlari 2025 yil, qurilish ishlari esa uzog‘i keyingi yil boshida boshlaymiz.
Agar biz jamoat transportiga BRT’ga o‘xshab yo‘llarni ochib berib, marshrutlarni qo‘yib beradigan bo‘lsak, Toshkentga kelayotgan odamlar bu jamoat transportidan foydalanadi. Bu o‘z o‘rnida bugungi kunda 400 ming mashina kirib kelayotgan bo‘lsa – bu yildan yilga ortib boryapti – keskin kamayishiga olib keladi va tirbandlikni muammolarni ancha yechadi», – dedi Shavkat Umurzoqov.
Shu bilan birga, shaharda turistik ko‘chalar xalq tomonidan ijobiy qabul qilingani, bunday ko‘chalarni ko‘paytirish uchun yana qo‘shimcha 1 trillion so‘m mablag‘ ajratilgani, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 24 km hududda gavjum ko‘chalar tashkil etilishi, bu orqali 20-30 ming atrofida ishchi o‘rni paydo bo‘lishi aytib o‘tilgan.
Mavzuga oid
16:14 / 04.06.2026
Elektropoyezd chiptasini Toshkent jamoat transporti bilan bog‘lovchi tariflar joriy etiladi
15:14 / 04.06.2026
Yo‘lkirani avtobusga chiqish paytida to‘lash majburiy bo‘ladi
17:55 / 25.05.2026
Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 4:00 dan harakatlanadi
13:40 / 20.05.2026