Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
Namangan shahrida xorijiy davlatlarga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Namangan shahri bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbirlar o‘tkazilgan.
Unda, fuqaro M.A. fuqarolar M.S. va A.K.ning ishonchiga kirib, 2 000 AQSh dollari evaziga Koreya davlatiga ishga yuborishini aytib, oldindan 1 000 AQSh dollarini, yana bir holatda fuqaro R.M. fuqaro M.B.ni 40 mln so‘m evaziga Slovakiya davlatiga ishga yuborishi uchun kelishilgan pullar hisobidan 600 AQSh dollari va 2,8 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
14:32 / 13.06.2026
AQSh va Koreyaga yuborish va’dasi bilan pul olgan shaxslar ushlandi
12:20 / 10.06.2026
Koreyaga yuborish va’dasi bilan pul yig‘gan shaxslar qo‘lga olindi
08:48 / 05.06.2026
Koreyaga ish va o‘qishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
11:20 / 25.05.2026