Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Porsche kompaniyasini McLaren sobiq bosh direktori boshqaradi
Porsche McLaren kompaniyasining sobiq bosh direktori Mixael Lyayters kompaniyani 2026 yildan boshlab boshqarishini ma’lum qildi. U Porscheʼni 2015 yildan buyon boshqarib kelayotgan Oliver Blyume o‘rnini egallaydi. Shuningdek, u 2022 yildan buyon Volkswagen bosh direktori lavozimida ham ishlagan.
2025 yilning apreligacha Britaniyaning McLaren avtomobil ishlab chiqaruvchisini boshqargan Mixael Lyayters 2026 yil 1 yanvardan boshlab Shtutgartda joylashgan Porsche boshqaruv kengashi raisi lavozimida Oliver Blyume o‘rnini egallaydi, deya ma’lum qildi dpa 17 oktyabr, juma kuni kechqurun kompaniya kuzatuv kengashi qaroriga tayanib.
«Porsche AG'da o‘n yil ishlaganimdan so‘ng, yil oxirida Volkswagen manfaati yo‘lida o‘z vorisimga o‘z vakolatimni topshirishga qaror qildim», deb tushuntirdi Blyume. U 2015 yildan beri Porscheʼni boshqarib kelgan, 2022 yildan esa bu lavozimni Volkswagen bosh direktori lavozimi bilan birlashtirgan. Porsche'ning o‘zi ham Volkswagen'ga tegishli.
OAV 17 oktyabr kuni ertalab Blyumening o‘rnini bosuvchi shaxsni qidirish ishlari yakunlangani haqida xabar berdi. Kuzatuv kengashi keyinchalik Lyayters Porsche kompaniyasini boshqarishga tayyorligini e’lon qildi. Tomonlar endi muzokaralarni boshlashga tayyor. Lyayters avvalroq nemis avtomobil ishlab chiqaruvchisida 13 yil ishlagan, Italiyaning Ferrari kompaniyasida lavozimlarni egallagan, 2022 yilning iyulidan esa McLaren'ni boshqarib kelgan.
Porsche rahbariyati endi Oliver Blyumening ikki lavozimini birlashtirishini xohlamasligi haqidagi xabarlar birinchi marta yozda paydo bo‘ldi. O‘shanda Blyume bu lavozimni tark etgach, asosiy e’tiborni Volkswagen'dagi muammolarni hal qilishga qaratishi xabar qilingandi. Blyumening shartnomasi 2030 yil oxirigacha uzaytirildi.
Mavzuga oid
22:34 / 27.04.2026
Tarixdagi eng qudratli Porsche elektromobili taqdim etildi
09:13 / 31.10.2025
Volkswagen’ning bir chorakdagi zarari 1 milliard yevrodan oshdi
20:06 / 05.10.2025
McLaren Formula-1 konstruktorlar kubogini muddatidan oldin qo‘lga kiritdi
15:07 / 26.07.2025