Jamiyat | 10:42 / 18.10.2025
2456
1 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryoda bolaga qo‘pol munosabatda bo‘lgan bog‘cha tarbiyachilari ishdan olindi

Sirdaryoda bolaga qo‘pol munosabatda bo‘lgan ikki nafar bog‘cha tarbiyachisi ishdan olindi. 

Foto: Kun.uz

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda tarbiyachilar bir bolaga baqirib, uni kechirim so‘rashga majbur qilayotganini, bola esa yig‘lab uzr so‘rayotganini eshitish mumkin.

Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi qayd etishicha, ushbu holatda Oqoltin tumanidagi “Shodlik” nomli DXSh tarbiyachisi N.A. mashg‘ulot vaqtida tarbiyalanuvchiga nisbatan noo‘rin so‘zlar ishlatgan va pedagog etikasiga zid xatti-harakat sodir etgan.

Tegishli choralar ko‘rilib, ikki nafar tarbiyachi bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Shu bilan birga, voqea yuzasidan maktabgacha ta’lim tizimida pedagoglarning axloqiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilangan.

Mavzuga oid