Jamiyat | 23:40 / 19.10.2025
5948
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda pensionerlar soni 4,2 mln nafardan oshdi

Eng ko‘p pensiya oluvchilar Farg‘ona (500,8 ming nafar), Samarqand (451,6 ming nafar) va Andijon  (399 ming nafar) viloyatlarida.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil 1 oktyabr holatiga O‘zbekistonda pensiya oluvchilarning umumiy soni 4 mln 241,8 ming nafarni tashkil etdi.

Manba: Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi

Shulardan 3 mln 514,1 ming nafar fuqaro yoshga doir pensiya, 482,1 ming nafari nogironlik pensiyasi, 245,6 ming nafari esa boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olmoqda.

Hududlar kesimida eng ko‘p pensiya oluvchilar Farg‘ona (500,8 ming nafar), Samarqand (451,6 ming nafar) va Andijon  (399 ming nafar) viloyatlarida.

Eng kam pensiya oluvchilar esa Sirdaryo (108,9 ming nafar), Navoiy (142,1 ming nafar) va Jizzax (145,2 ming nafar) viloyatlarida qayd etilgan.

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin

Mavzuga oid