O‘zbekiston | 11:09 / 20.10.2025
6647
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda Cobalt va Nexia to‘qnashdi

Qumqo‘rg‘on tumanida Cobalt va Nexia 2 avtomobillari o‘zaro to‘qnashdi. Oqibatda mashinada bo‘lgan 62 yoshli erkak voqea joyida vafot etdi. Yana bir yo‘lovchi ayol shifoxonaga yotqizildi.

Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida ikki avtomobil o‘zaro to‘qnashish oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda viloyat YHXB.

Qayd etilishicha, 19 oktyabr kuni soat 09:40 atrofida tumanning Azlarsoy mahallasidan o‘tgan D-162 avtomobil yo‘lining 7-kilometrida 28 yoshli haydovchi bo‘shqaruvidagi Cobalt yo‘lning qarama-qarshi bo‘lagiga chiqib ketgan va qarshisidan kelayotgan 39 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Nexia-2 bilan to‘qnashgan.

YTH oqibatida Nexia-2 mashinasida yo‘lovchi sifatida ketayotgan 62 yoshli erkak voqea joyida vafot etgan. Yana bir 66 yoshli yo‘lovchi ayol tuman shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limiga yotqizilgan.

Hozirda holat yuzasidan Qumqo‘rg‘on tuman IIB tergov guruhi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid