Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xodimlari soliqdan eng ko‘p qarzdor korxonalar ma’lum bo‘ldi
Korxona va tashkilotlar xodimlarining mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha qarzi 831,5 mlrd so‘mdan oshgan.
Foto: Shutterstock
16 oktyabr kuni joriy yil uchun yer va mol-mulk solig‘ini to‘lash muddati tugadi. Soliq qo‘mitasi xodimlari ushbu soliq turlaridan eng ko‘p qarzdor korxonalarni ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, korxonalar xodimlarining mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha qarzi 831,5 mlrd so‘mdan oshgan.
Eng ko‘p qarzdorlik «Temiryo‘llarinfratuzilma» AJ (4 mlrd so‘m), «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ (3,3 mlrd so‘m) va «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ (3,3 mlrd so‘m) xodimlarida qayd etilgan.
Soliq qo‘mitasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 173391 ta tashkilotning 747940 xodimida 882939 soliq obekti bo‘yicha 831,5 mlrd so‘m (yer solig‘i - 501,2 mlrd so‘m, mol-mulk solig‘i - 330,3 mlrd so‘m) to‘lanmagan soliq qarzdorligi mavjud.
Shundan:
- 150,8 mlrd so‘m – budjet tashkilotlari xodimlari;
- 35,8 mlrd so‘m – nodavlat-notijorat tashkilotlari xodimlari;
- 644,9 mlrd so‘m – tijorat tashkilotlari xodimlari hisobiga to‘g‘ri keladi.
Tijorat tashkilotlari xodimlarining mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha qarzdorligi (sohalar kesimida):
- sanoat sohasidagi 20,8 mingta tashkilotda ishlovchi 130,1 ming nafar xodimning soliq qarzi – 140,7 mlrd so‘m;
- qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi sohasidagi 50,9 mingta tashkilotda ishlovchi 88,8 ming nafar xodimning soliq qarzi – 138,6 mlrd so‘m;
- savdo sohasidagi 41,3 mingta tashkilotda ishlovchi 71,6 ming nafar xodimning soliq qarzi – 116 mlrd so‘m;
- qurilish sohasidagi 10,1 mingta tashkilotda ishlovchi 58,6 ming nafar xodimning soliq qarzi – 90,3 mlrd so‘m;
- tashish va saqlash sohasidagi 5,4 mingta tashkilotda ishlovchi 33,2 ming nafar xodimning soliq qarzi – 30,6 mlrd so‘m;
- yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasidagi 9,2 mingta tashkilotda ishlovchi 16,5 ming nafar xodimning soliq qarzi – 28,5 mlrd so‘m;
- sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi 4,3 mingta tashkilotda ishlovchi 10,4 ming nafar xodimning soliq qarzi – 11,7 mlrd so‘m;
- axborot va aloqa sohasidagi 2,2 mingta tashkilotda ishlovchi 9,6 ming nafar xodimning soliq qarzi – 8,7 mlrd so‘m;
- boshqa faoliyat turlari sohasidagi 16,8 mingta tashkilotda ishlovchi 65,4 ming nafar xodimning soliq qarzi – 79,8 mlrd so‘m.
Mavzuga oid
19:37 / 23.10.2025
Bir oyda 936 ta korxona 178,7 mlrd so‘mlik soliq imtiyozidan foydalandi
22:29 / 17.10.2025
Qozog‘istonda badavlat odamlarning mulki oshirilgan stavkada soliqqa tortiladi
18:53 / 16.10.2025
O‘zbekiston hukumatining «maxfiy qarori» Qozog‘iston sementiga keskin zarba bo‘ldi – QazCem rahbari
17:19 / 16.10.2025