Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
ChatGPT asoschisi sun’iy intellektga ega brauzerni taqdim etdi
Brauzer ChatGPT yordamida turli masalalarni hal qilish imkonini beradi.
Foto: OpenAI
Amerikaning OpenAI kompaniyasi 21 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan taqdimot chog‘ida sun’iy intellekt asosida yaratilgan ChatGPT Atlas brauzerini taqdim etdi.
Kompaniyaning ma’lum qilishicha, brauzer ChatGPT yordamida turli masalalarni hal qilish imkonini beradi. Kontentni umumlashtirish, mahsulotlarni taqqoslash yoki ma’lumotlarni tahlil qilish uchun yon paneldan istalgan internet sahifasida chat-botni chaqirish mumkin. Shuningdek, hujjatlarda, elektron pochta xabarlarida yoki taqvimdagi taklifnomalarda alohida so‘zlarni belgilaganda chat-bot paydo bo‘ladi.
OpenAI agent rejimida ChatGPT xaridlarni amalga oshirishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Reuters agentligi avvalroq brauzer, jumladan, restoranlardagi stollarni band qilishi va saytlardagi shakllarni avtomatik ravishda to‘ldirishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.
ChatGPT Atlas brauzerini macOS tizimida allaqachon yuklab olish mumkin va tez orada uning Windows, iOS va Android uchun versiyalari paydo bo‘ladi.
Sun’iy intellekt o‘rnatilgan bir nechta brauzerlar allaqachon mavjud, deb yozdi The Verge. Masalan, Google kompaniyasi Gemini chat-botini Chrome brauzeriga o‘rnatgan, Perplexity o‘zining Comet AI brauzeriga ega va Microsoft o‘zining Edge brauzeriga sun’iy intellektga asoslangan Copilot rejimini birlashtirgan.
Mavzuga oid
21:03 / 04.12.2025
ChatGPT ichida reklama paydo bo‘ldi, hatto premium obunachilar ham uni ko‘ryapti
22:01 / 30.11.2025
O‘zbekiston universitetlarining OpenAI ekotizimi bilan integratsiyasi chuqurlashtiriladi
22:05 / 28.11.2025
ChatGPT odamlarning ma’lumot izlash usulini o‘zgartirdi
13:15 / 08.11.2025