Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 10:42 / 22.10.2025
3649
2 daqiqa o‘qiladi
«Adolat» partiyasi qoidabuzar haydovchilar uchun qat’iy jazo choralarini taklif qildi
«Adolat» sotsial-demokratik partiyasi yo‘llarda og‘ir qoidabuzarlik sodir etgan haydovchilar uchun jazo choralarini keskin oshirishni ilgari surdi.
Foto: Kun.uz
Partiyaga ko‘ra, bu yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash va fuqarolar hayotini asrashda muhim qadam hisoblanadi.
Partiyaning asosiy takliflari:
- Vision Zero dasturini joriy etish — yo‘l-transport hodisalarida o‘lim holatini kamaytirish maqsadida;
- «Maktab atrofi — xavfsiz hudud» dasturi — bolalar uchun eng xavfsiz piyoda marshrutlari va maxsus harakat rejimini ta’minlash;
- qoidalarni muntazam buzgan haydovchilar uchun sug‘urta to‘lovlarini oshirish orqali iqtisodiy javobgarlikni kuchaytirish;
- voyaga yetmaganlar o‘limi bilan bog‘liq hodisalarda jazoni ikki barobar kuchaytirish va ta’lim muassasalari atrofida tezlikni nazorat qilish;
- tezlikni surunkali oshirgan haydovchilar uchun transport huquqidan mahrum qilish muddatini uzaytirish va mast holatda inson o‘limiga sabab bo‘lganlar uchun umrbod haydovchilik huquqidan mahrum qilish.
Partiya mazkur tashabbusni Oliy Majlisdagi fraksiyasi orqali qonunchilikda ilgari surishi belgilangan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
09:00 / 14.06.2026
“GAI”dan takliflar, renovatsiya qonuni va qaytarib olingan zavod – hafta dayjesti
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
10:24 / 24.05.2026
$57 millionlik ezgu tashabbus va IIVdagi ikki xil standart - hafta dayjesti
15:05 / 19.05.2026