Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Favqulodda vaziyatlar sohasida raqamli islohotlar boshlanadi
Prezident tomonidan “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasini raqamlashtirish hamda ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror imzolandi.
Hujjatga ko‘ra, sohani raqamli transformatsiya qilish va ilmiy-innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha quyidagi ustuvor vazifalar belgilandi:
🔹 2028 yil 1 dekabrga qadar favqulodda vaziyatlar organlari faoliyatini raqamlashtirish darajasi 60 foizga yetkaziladi;
🔹 2030 yilga qadar import qilinayotgan avariya-qutqaruv va yong‘in-texnik mahsulotlarni mahalliylashtirish darajasi 30 foizga yetkaziladi;
🔹 sohaga oid innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqish, sinov-tadqiqot va yong‘in-texnik ekspertizalarni rivojlantirish choralari amalga oshiriladi.
2026 yil 1 dekabrga qadar idoralararo raqamli jamoa tomonidan yagona texnologik talablar asosida sohani raqamlashtirish ishlari yakunlanadi.
2027 yil 1 dekabrga qadar esa vazirlik va idoralarning axborot tizimlari Favqulodda vaziyatlar vazirligining axborot-tahliliy platformalariga integratsiya qilinadi.
Mavzuga oid
19:02 / 01.05.2026
O‘zbekiston sun’iy intellekt davriga kiryapti: prezident qanday vazifalarni qo‘ydi?
19:07 / 21.01.2026
Sun’iy intellektdan eng ko‘p foydalanadigan mamlakatlar aniqlandi – O‘zbekiston so‘nggi o‘rinlarda
09:14 / 20.01.2026
Ichki ishlar tizimida migratsiya xizmatlari raqamlashtiriladi: “Aqlli” shoxobchalar joriy etiladi
14:34 / 05.01.2026