O‘zbekiston | 11:06 / 22.10.2025
4057
1 daqiqa o‘qiladi

Teleskop orqali: Lemmon kometasi O‘zbekistondan ham ko‘rinishi mumkin

2025 yil 21 oktyabrdan Shimoliy yarim shar aholisi noyob osmon hodisasini kuzatishi mumkin – C/2025 A6 (Lemmon) kometasi Quyosh tizimining chetki hududlaridan yaqinlashmoqda.

Foto: O‘zbekkosmos

“O‘zbekkosmos” agentligi eksperti Ahror A’zamovning ta’kidlashicha, kometa 50° shimoliy kenglik bo‘ylab harakat qiladi. Shu bois uning eng yaxshi ko‘rinishi asosan Shimoliy hududlarda sodir bo‘ladi. O‘zbekiston hududidan kometani bevosita uchib o‘tishini ko‘rish mumkin emas, lekin maxsus teleskoplar yordamida kuzatish mumkin.

Kuzatish bo‘yicha tavsiyalar:

kunlar: 25–28 oktyabr (ko‘rinish 12 noyabrgacha davom etadi);
vaqt: Quyosh botgandan 1,5 soat o‘tib;
yo‘nalish: G‘arb–shimoli-g‘arb, ~30° balandlikda;
mo‘ljal: Arktur yulduzi yonida.

Kometa 8 noyabrda Quyoshga eng yaqin nuqtaga (79 million km) yaqinlashadi va keyingi qaytishi taxminan 1150 yil o‘tgach sodir bo‘ladi.

Mavzuga oid