Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar tayyorlamoqda
AQSh tomonidan tayyorlangan qo‘shimcha sanksiyalarning ba’zilari Rossiyaning bank sektori va neftni bozorga olib chiqish uchun foydalaniladigan infratuzilmaga qaratilgan.
Foto: REUTERS
Oq uy Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar tayyorladi, agar Rossiya prezidenti Vladimir Putin urushni tugatishni kechiktirishda davom etsa, ular joriy etilishi mumkin, deb yozdi Reuters AQSh rasmiylariga tayanib.
Yangi cheklov choralari Rossiya iqtisodiyotining asosiy tarmoqlariga qaratilgan, dedi agentlik suhbatdoshlari. AQSh tomonidan tayyorlangan qo‘shimcha sanksiyalarning ba’zilari Rossiyaning bank sektori va neftni bozorga olib chiqish uchun foydalaniladigan infratuzilmaga qaratilgan, dedi ular.
Ukraina tomoni ham o‘tgan hafta AQShga Rossiya banklarini dollar tizimidan butunlay uzishni taklif qilgandi, ammo Oq uy bu taklifga qanday munosabatda bo‘lgani noma’lum.
Biroq, sanksiyalarga murojaat qilishdan oldin, dedi manbalardan biri, AQSh yevropalik hamkorlari ham yangi cheklov choralarini joriy etish orqali o‘z qadamini qo‘yishiga umid qilmoqda.
Rasmiylarga ko‘ra, AQSh yevropalik hamkorlariga Yevropa Ittifoqining Ukrainaga Amerika qurollarini sotib olish uchun muzlatilgan Rossiya aktivlaridan foydalanishini qo‘llab-quvvatlashini aytgan. Shu bilan birga, Tramp ma’muriyati Ukraina armiyasini qo‘llab-quvvatlash uchun Rossiyaning AQShdagi aktivlarini qanday ishga solishni muhokama qila boshladi.
Nashr suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp katta ehtimol bilan bir necha hafta tanaffus qilib, Rossiyaning «Rosneft» va «Lukoyl» kompaniyalariga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarga reaksiyasiga baho beradi.
Vashington yaqin kelajakda bunday rejalarni amalga oshiradimi yoki yo‘qmi, hozircha noma’lum, deb yozdi Reuters, ammo ularning mavjudligi Tramp ma’muriyatida Rossiyaga yanada bosim o‘tkazish uchun vositalar to‘plami borligini ko‘rsatadi.
AQSh 22 oktabr kuni Rossiyaning eng yirik neft kompaniyalari - «Lukoyl» va «Rosneft»ga qarshi sanksiyalar joriy qildi. Bu Tramp AQSh prezidenti lavozimiga qaytganidan keyin Rossiyaga qarshi birinchi sanksiyalardir.
Sanksiyalar joriy etilgandan so‘ng, Xitoyning to‘rtta davlat neft kompaniyasi (XXR - Rossiya neftining eng yirik importchilaridan biri) Rossiyadan xaridlarni to‘xtatdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin sanksiyalarni Rossiyaga bosim deb atadi va ular «mamlakatning iqtisodiy ahvoliga sezilarli ta’sir ko‘rsatmasligini» aytdi.
Mavzuga oid
23:40 / 30.01.2026
Panama kanali Xitoy kompaniyasidan olib qo‘yildi
22:43 / 30.01.2026
BMT «muqarrar moliyaviy inqiroz» xavfi ostida ekani ma’lum bo‘ldi
16:13 / 30.01.2026
Rossiya va Ukraina 2026 yilda ilk bor halok bo‘lganlar jasadlarini almashdi
16:08 / 30.01.2026