O‘zbekiston | 16:53 / 25.10.2025
3616
3 daqiqa o‘qiladi

“Geosiyosiy vaziyat o‘zgaryapti, bizga kuchlilar kerak” – Yevrokomissiya komissari

Prezident Mirziyoyevning Belgiyaga tashrifi doirasida o‘tkazgan biznes doiralari bilan muloqotida Bryussel tomonidan qatnashgan Yevropa komissiyasi komissari fikricha, O‘zbekiston bilan sheriklik – to‘g‘ri yo‘l. Chunki geosiyosiy vaziyat kundan kunga o‘zgarmoqda, Yevropaga esa kuchli hamkorlar kerak.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

24 oktyabr kuni Shavkat Mirziyoyev tashrifi doirasidagi ilk tadbirni biznes vakillari bilan o‘tkazdi. Bryussel tomonidan delegatsiyaga Yevropa komissiyasi komissari Kos Marta rahbarlik qildi. O‘zbekiston prezidenti mamlakat so‘nggi yillarda sezilarli darajada o‘zgargani, dunyoga ochilayotgani va biznes uchun zarur barcha sharoitlar yaratilayotganini ta’kidladi.

Kos Martaning fikricha, geosiyosiy taranglik vaziyatida Yevropaga kuchli hamkorlar kerak. O‘zbekiston esa – to‘g‘ri tanlov.

“Bizga siyosiy qo‘llab-quvvatlash zarur, men bu uchrashuv davomida aynan shuni his qildim. Prezident buni juda qat’iy ta’kidladi va biz kelajakni intizorlik bilan kutmoqdamiz. Men ham xuddi shunday mazmunda gapirdim. Shu yili noyabr oxirida Toshkentga boramiz. Demak, bu haqiqiy amaliy harakat va biz bu imkoniyatdan foydalanishimiz kerak, chunki geosiyosiy vaziyat o‘zgarmoqda va bizga kuchli hamkorlar kerak. O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi sheriklik bugungi kun uchun eng to‘g‘ri yo‘l deb hisoblayapmiz”, - deydi komissar.

- Yevropa yirik bizneslarining O‘zbekistonga oid yaqin kelajakdagi rejalari qanday?

“Bugun o‘zingiz ko‘rganingizdek, biznes doiralari tayyor. Ularda juda ko‘p g‘oyalar bor. Ularning ba’zilari O‘zbekistonda 30 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda va ular bizga moliya institutlari, banklarning yordami kerakligini aytishgan. Logistika, kimyo sanoati juda kuchli. Biz siyosatchi sifatida poydevor yaratishimiz mumkin, biznes esa kirib keladi. Bunga ishonchim komil” – Kos Marta, Yevropa komissiyasi komissari

- O‘zbekiston bozori Yevropa bizneslari uchun qanchalik qulay?

“O‘ylaymanki, har qanday bozor, agar u ochiq bo‘lsa, kompaniyalarimizga muvaffaqiyatga erishish imkonini bersa, qulaydir. Va menimcha, hozir ayni vaqti. Prezidentingiz ochiqlik haqida ham gapirdi; prezidentingiz 2030 yilgacha yalpi ichki mahsulotni ikki barobarga oshirish rejalari haqida so‘zladi. Va agar Yevropadan biznes kirib kelsa, bu sizning biznesingizni rivojlantirishga ham yordam beradi deb bilaman” – Kos Marta, Yevropa komissiyasi komissari

Mavzuga oid