Sport | 20:30 / 26.10.2025
15789
1 daqiqa o‘qiladi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev avtomobil bilan taqdirlandi

Jahonning uch karra chempioniga prezident sovg‘asi topshirildi.

Foto: OlympicUz

Og‘ir atletika bo‘yicha Norvegiyada o‘tkazilgan jahon chempionatining g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Sport vazirligi, MOQ va mamlakat og‘ir atletika federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi.

Dunyo birinchiligida 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritib, -110 kg vazn toifasida mutlaq chempionlikka erishgan Akbar Jo‘rayev tegishli hukumat qarori asosida prezident sovg‘asi – BYD avtomobili hamda 15 ming dollar bilan taqdirlandi.

Shuningdek, mazkur yo‘nalishda 2 ta bronza medaliga sazovor bo‘lgan Ruslan Nurudinov 3750 dollar mukofot oldi.

Sportchilarning murabbiylariga ham pul mukofoti topshirildi.

Mavzuga oid