Özbekistonlik oğir atletikaçi Akbar Jörayev Norvegiyaning Forde şahridagi oğir atletika böyiça jahon çempionatida uçta oltin medal oldi, şu bilan birga, uç karra jahon çempioniga aylandi.
110 kilogrammgaça bölgan vazn toifasidagi bellaşuvlarda qatnaşgan sportçi barça yönalişlarda oltin medallarni qölga kiritdi. Xususan, u dast kötariş maşqida 196 kg natija bilan jahon rekordini örnatdi.
Siltab kötarişda esa 232 kg natija bilan ham tengsiz böldi, har ikki yönalişda va 428 kg körsatkiç umumiy yönalişda birinçi bölib, jami 3 ta oltin medalga ega çiqdi. Bu uning uçinçi marta jahon çempioni bölişidir. Bungaça u 2021 yil Toşkentda va 2023 yil Ar-Riyodda ötkazilgan turnirlarda ham ğolib çiqqandi.
Qayd etiş kerakki, u siltab kötarişning uçinçi urinişida 245 kilogrammga buyurtma bergandi, ammo ştangani kötara olmadi. Agar bu amalga oşganida barça yönalişlarda jahon rekordçisiga aylangan bölardi.
Xuddi şu vaznda şitirok etgan Ruslan Nuriddinov esa dast kötarişda 186 kg bilan törtinçi, siltab kötarişda esa 228 kg bilan uçinçi böldi. Natijada Nuriddinov siltab kötariş va umumiy hisob böyiça 2 ta bronza medaliga sazovor böldi.


















