Iqtisodiyot | 07:37 / 27.10.2025
3933
2 daqiqa o‘qiladi

2025 yil uchun davlatlar bo‘yicha jahon moliyaviy xavf darajasi xaritasi

Moliyaviy va tijoriy xavf kompaniyalar o‘rtasida likvidlik muammolaridan tortib savdo faoliyatidagi uzilishlargacha bo‘lgan qisqa muddatli shoklar oldida mamlakatlarning zaifligini aks ettiradi.

Foto: Getty Images

Ushbu infografika Allianz Trade ma’lumotlariga asoslanib, 2025 yil uchun qisqa muddatli moliyaviy va tijoriy xavflarning global manzarasini vizuallashtiradi. Qisqa muddatli xavf reytingi muayyan mamlakatdagi kompaniyalar tomonidan to‘lovlar bajarilmasligi ehtimolini ikki ko‘rsatkich orqali baholaydi: moliyalashtirish oqimlari va talabdagi uzilishlar.

Past xavf, asosan, rivojlangan iqtisodlar va neft daromadlariga ega mamlakatlarga xos. Bu toifada 90 ta davlat bor, jumladan: AQSh, Kanada, Germaniya, Yaponiya, shuningdek G‘arbiy Yevropaning ko‘pchiligi — Fransiya, Shveytsariya, Shimoliy Yevropa mamlakatlari.

Osiyo-Tinch okeani mintaqasida — Xitoy, Singapur, Yaponiya, Janubiy Koreya, shuningdek Avstraliya.

O‘rtacha xavf Braziliya, Hindiston, Vetnam, Meksika kabi rivojlanayotgan davlatlarda kuzatiladi.

Sezgir xavf (o‘rtachadan bir bosqich yuqori) 42 ta mamlakat uchun xos bo‘lib, jumladan, Argentina, Bangladesh, JAR va 15 tadan ko‘proq Afrika davlatlarini o‘z ichiga oladi.

Yuqori xavf Sub-Sahro Afrikasida, Yaqin Sharqning ayrim mamlakatlarida va Ukraina, Suriya, Sudan kabi nizolardan jabr ko‘rgan davlatlarda jamlangan. Bu iqtisodlar kreditlash cheklovlari va talab hamda iqtisodiy faoliyatdagi qisqa muddatli uzilishlarga duch kelishi mumkin.

Mavzuga oid