Ma’lumotlarga köra, uşbu davlatlar jahon qişloq xöjaligi mahsulotlari eksportining 80 foizdan ortiq qismini ta’minlaydi. Global agrar eksport hajmi esa taxminan 1,5 trillion dollarga teng.

Tahlillar jahon oziq-ovqat tizimi qay darajada markazlaşganini ham körsatadi. Nisbatan kam sonli davlatlar butun dunyo oziq-ovqat ta’minotida hal qiluvçi örin tutadi. Şu bois agrar savdo geosiyosiy keskinlik, logistika xarajatlari va öğitlar narxi oşib borayotgan şaroitda strategik sohalardan biriga aylanmoqda.

Hozirgi kunda jahon oziq-ovqat savdosining katta qismi oz sonli mamlakatlar hissasiga töğri keladi. Eng yirik önta eksportçi davlat global agrar eksportning qariyb yarmini nazorat qiladi. Bu esa ularga jahon narxlari va oziq-ovqat ta’minot zanjirlariga kuçli ta’sir ötkaziş imkonini beradi.



Jahon oziq-ovqat savdosining asosiy markazi Amerika qit’asi bölib qolmoqda. AQŞ, Braziliya, Kanada va Meksika birgalikda jahon agrar eksportining qariyb 30 foizini ta’minlaydi. Ular don, göşt, moyli ekinlar va qayta işlangan mahsulotlarning yirik yetkazib beruvçilari hisoblanadi.

Ayrim aholisi köp davlatlar esa reytingda kutilganidan pastroq örinni egallagan. Masalan, Xitoy dunyodagi eng yirik qişloq xöjaligi işlab çiqaruvçisi bölsa-da, eksport hajmi böyiça AQŞ va Braziliyadan ança orqada. Buning asosiy sababi — işlab çiqarilgan mahsulotlarning katta qismi içki bozorda iste’mol qilinişidir.

Osiyo-Tinç okeani mintaqasi davlatlari ham jahon oziq-ovqat bozorining ayrim segmentlarida yetakçilik qiladi. Avstraliya mol göşti, buğdoy va arpa eksporti böyiça muhim örin tutadi. Indoneziya esa dunyodagi eng yirik palma yoği eksportçilaridan biri hisoblanadi.

Yevropa davlatlari esa katta yer maydonlari emas, balki yuqori texnologiyalar, samaradorlik va logistika hisobiga raqobatbardoşligini saqlab qolmoqda. Xususan, Niderlandiya kiçik hududiga qaramasdan, yuqori texnologiyali qişloq xöjaligi va issiqxona majmualari tufayli dunyoda oziq-ovqat eksporti böyiça 11-örinni egallaydi.

Fransiya va Germaniya ham don mahsulotlari, sut mahsulotlari, içimliklar va qayta işlangan oziq-ovqat eksporti orqali jahon bozorida muhim örinni saqlab kelmoqda.