Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kamerunda dunyodagi eng keksa prezident sakkizinchi muddatga qayta saylandi
Pol Biyya 1982 yildan beri Kamerunni boshqarib kelmoqda.
Foto: Reuters
Dunyodagi eng keksa yetakchi, Kamerunning 92 yoshli prezidenti Pol Biyya mamlakat Konstitutsiyaviy sudi tomonidan e’lon qilingan saylov natijalariga ko‘ra yangi yetti yillik muddatga qayta saylandi, deb xabar berdi BBC.
Reuters xabariga ko‘ra, Biyya 53,66 foiz ovoz to‘plagan.
Pol Biyya 1982 yildan beri Kamerunni boshqarib kelmoqda. Bu uning uchun sakkizinchi muddat bo‘ladi.
Saylov 12 oktabr kuni bo‘lib o‘tdi, ammo natijalar 27 oktabr kuni e’lon qilindi. Saylovoldi kampaniyasi davrida Biyya atigi bitta miting o‘tkazdi.
Saylovda yana to‘qqiz nomzod, jumladan, saylov uchun vazirlik lavozimini tark etgan Biyyaning ikki ittifoqchisi ishtirok etdi.
Shu bilan birga, kuchli raqib bo‘lishi kutilgan muxolifat yetakchisi Moris Kamto (71 yosh) iyul oyida saylovga qo‘yilmadi. Bu qarorni Konstitutsiyaviy sud tasdiqladi, ammo mamlakatda ko‘pchilik buni raqobatchini yo‘q qilish uchun hiyla sifatida qabul qildi. 2018 yilda bo‘lib o‘tgan saylovdan so‘ng Kamto o‘z g‘alabasini e’lon qilgan va ommaviy norozilik namoyishlari uyushtirgan edi.
Saylov bir turda o‘tkaziladi va eng ko‘p ovoz olgan nomzod g‘alaba qozonadi, ammo ovoz berish natijalarini Kamerun Konstitutsiyaviy sudi tasdiqlashi kerak. Mamlakat ichki ishlar vaziri oldindan barcha nomzodlarni o‘z g‘alabasi haqida bayonot berishga yo‘l qo‘ymaslik haqida ogohlantirgan.
Kamerunliklarning aksariyati umrida boshqa davlat rahbarini ko‘rmagan. Mamlakatning 30 millionlik aholisining 60 foizdan ortig‘i 25 yoshgacha bo‘lgan odamlardir.
Mavzuga oid
16:18 / 14.07.2025
Kamerunning 92 yoshli prezidenti yana bir muddatga o‘z nomzodini qo‘yishga qaror qildi
12:19 / 26.08.2023
Kamerunlik 45 yoshli ayol birdaniga to‘qqiz nafar farzandni dunyoga keltirdi
16:59 / 24.11.2022
JCh-2022. Shveytsariya Kamerunni mag‘lub etib, turnirni g‘alaba bilan boshladi
13:49 / 23.09.2022